AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida xotinini farzandini oldida pichoqlab o`ldirgan er 19 yilga qamaldi

'Toshkent viloyatida xotinini farzandini oldida pichoqlab o`ldirgan er 19 yilga qamaldi'ning rasmi

2022 yilning avgust oyida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida er rashk sabab turmush o`rtog`ini u ishlaydigan bog`chada bo`g`ib, urgani ertasi kuni uyida farzandini ko`z o`ngida pichoq bilan o`ldirgani haqida xabar bergandik. 

"Millar" informasion dasturida ma`lum qilinishicha, Jinoyat ishlari bo`yicha Quyi Chirchiq tumani sudida 32 yoshli erga sud hukmi o`qildi. 

"Ayolim bilan ajrashish uchun ariza bergandim. Ayolim bilan ishlaydigan hamkasbi menga telefon qilib, ayolim boshqa bilan uchrashib yurganini aytgandi. Keyin, shubhalanib, ayolimning telefonini olib qo`yganman. Telefonga begona erkakdan xabar kelgan. Jahlim chiqib, kechasi ayolimning ota uyiga borganman. Ayolim bilan biroz gaplashib o`tirganimizdan keyin begona erkakdan yana xabar kelgan. Pichoq ayolimning qo`lida edi, uni tortib olmoqchi edim bo`yniga kirib ketdi. Ikki nafar farzandim bor. Qilgan ishimdan mingdan-ming pushaymonman", - deydi sudlanuvchi erkak.

Marhumaning otasi, sudlanuvchiga umrbod qamoq jazosi talab qildi.

"Bundaylarni yashashga haqi yo`q. Otalar o`zini mening o`rnimga qo`yib ko`rsin. Boshqalarga o`rnak bo`lsin. Jinoyatchilar abadiy qamoqdan qo`rqib, birovni o`ldirmaydi", - deydi marhumaning otasi.

Sud hukmi bilan erkak JKning 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) 2-qismining «j» bandi hamda 164-moddaning (Bosqinchilik) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 19 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar