Prezident farmoniga asosan, Djurabaev Abdurashid Abduvoxidovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbari etib tayinlandi.
Shu munosabat bilan A.Djurabaev O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Nusratbek Davrankulovich Toychiev O`zbekiston Respublikasi
Bosh vaziri kotibiyati rahbarining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi.
Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Davron Narimovich Kalandarov O`zbekiston Respublikasi
Bosh vaziri kotibiyati rahbarining o`rinbosari etib tayinlandi.
Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta`minlash boshqarmasining boshlig`i lavozimidan ozod qilindi.
Shuxrat Muxamadjanovich Sadikov O`zbekiston Respublikasi
Bosh vaziri kotibiyati rahbarining o`rinbosari etib tayinlandi.
15.02.2023 12:00
Vazirlar Mahkamasida qator tayinlovlar amalga oshirilmoqda






