AsosiyDunyo

⚡️Turkiyada zilzila qurbonlari 35 mingdan oshdi

'⚡️Turkiyada zilzila qurbonlari 35 mingdan oshdi'ning rasmi

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anning seshanba kungi bayonotida keltirilishicha, zilzila oqibatida halok bo`lganlar 35 418 nafarga etgan, 105 505 kishi esa jarohatlangan.

Turkiyada «asr falokati» deb atalayotgan zilzila oqibatida 47 ming binodagi 211 mingta uy vayron bo`lgan.

«Mart oyi boshidan 30 mingta uy qurilishi boshlanadi. Uylar zilzila asoratlaridan uzoq erlarda qad rostlaydi», — dedi Turkiya Prezidenti.

Uning qo`shimcha qilishicha, er silkinishi oqibatida etgan zararni aniqlash ishlari bir hafta ichida yakunlanadi. "Oxirgi fuqaro olib chiqilmagunicha, qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettiramiz", — dedi Rejep Tayyip Erdog`an.

    Boshqa yangiliklar