AsosiyJamiyat

O`zbekistonda talabalar uchun kontrakt to`lash muddati uzaytirildi

'O`zbekistonda talabalar uchun kontrakt to`lash muddati uzaytirildi'ning rasmi

O`zbekiston oliygohlarida to`lov-kontrakt mablag`larini to`lash muddati 15 martga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar berdi.

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2022/2023-o`quv yilida oliy ta`lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to`lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta`lim muassasalariga (kollej, texnikum) o`quvchilikka tavsiya etilgan abiturientlar, o`qishi ko`chirilgan (ko`chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o`qishi uchun to`lov haqini o`tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so`nggi muddati 2023 yilning 15 marti etib belgilandi. 

Shuningdek, qaror bilan 2023 yil 20 yanvardan keyin kontraktini to`laganlarning to`lovi ham inobatga olinadigan bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar