AsosiyJamiyat

Farg`onada "Nexia" kanalga tushib ketdi

'Farg`onada "Nexia" kanalga tushib ketdi'ning rasmi

FVV xabariga ko`ra, 2023 yil 13 fevral kuni soat 8:05 da Farg`ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 qisqa raqamiga "Nexia" rusumli avtomobil haydovchisi  ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo`qotib, Oltiariq tumani "Poloson" MFY hududidan oqib o`tuvchi "Baziquvur" kanaliga tushib ketganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.  

Xabarga ko`ra, Farg`ona viloyati FVB Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga etib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil suvdan chiqarib olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

 

    Boshqa yangiliklar