“Manchester Yunayted” Turkiya va Suriyadagi zilzilalardan zarar ko`rganlarga yordam berish uchun UNICEF'ga 50000 funt sterling (60315 dollar) xayriya qildi.
Shuningdek, kelasi hafta Evropa musobaqalaridagi barcha o`yinlar boshlanishidan oldin zilzila qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash marosimi o`tkaziladi.
“Manchester Yunayted”ning 50000 funt sterling miqdoridagi xayriyasi zilziladan jabr ko`rgan bolalar va oilalarning shoshilinch ehtiyojlarini qondirish va ta`minot ishlarini tezlashtirishga yo`naltiriladi.
UNICEF Suriyada bolalar xavfsizligi va farovonligini ta`minlashga harakat qilmoqda. Tashkilot Turkiyaga favqulodda vaziyatlar uchun zarur bo`lgan mahsulotlarni etkazdi va bolalarni xavfsiz joyga ko`chishini ta`minladi.






