AsosiyJamiyat

⚡️ Toshkentda 20 yoshli enaga nogiron bolani doimiy kaltaklab kelgani aniqlandi (video)

'⚡️ Toshkentda 20 yoshli enaga nogiron bolani doimiy kaltaklab kelgani aniqlandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi yosh bolani urganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda.

Mazkur videotasvir yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o`tkazildi. 

Aniqlanishicha, Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi 1995 yilda tug`ilgan I.X. o`zining nogiron farzandiga enagalik qilish uchun 2002 yilda tug`ilgan S.T.ni ishga yollagan. Biroq, enaganing xizmatidan shubhalangan uy egasi farzandining yotoqxonasiga kuzatuv kamerasini o`rnatgan.

2023 yil 11 fevral kuni enaga 2017 yilda tug`ilgan K.Z.ga qo`pol munosabatda bo`lib, urib kaltaklaganligi holati kuzatuv kamerasida qayd etilgan. Xonadon egasi I.X. shu kuni S.T.ni ishdan bo`shatgan hamda fuqarolarni ogohlikka chaqirish maqsadida videotasvirni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

 

    Boshqa yangiliklar