AsosiyDunyo

Ramzan Qodirov Zelenskiyni otishga mo`ljallangan maxsus pistolet borligini aytdi

'Ramzan Qodirov Zelenskiyni otishga mo`ljallangan maxsus pistolet borligini aytdi'ning rasmi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga fashistlar Germaniyasi etakchisi Adolf Gitler kabi o`zini otishi uchun pistolet yuborishini aytdi. Qodirov Rossiya-1 telekanaliga bergan intervyusida bu haqda gapirdi.

Uning so`zlariga ko`ra, bu qurol Ukraina prezidenti uchun maxsus saqlanib kelinmoqda va u o`qlangan. Checheniston rahbari qurolni Zelenskiyga “munosib qadam tashlashi uchun” yuborishini aytdi.

U Ukraina bilan “yakkama-yakka” muzokaralar olib borishga tayyorligini, “psixolog” bo`lgani uchun Zelenskiyni kerakli narsani qilishga majburlay olishini ta`kidladi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, agar Rossiya prezidentining buyrug`i bo`lsa, rus qo`shinlari Kiev kirib borishi va uni egallashi mumkinligini qo`shimcha qildi.

“Bizda Kievga eta oladigan tirik kuch bor. Bugun Oliy Bosh Qo`mondonning buyrug`i bo`lsa, barcha bo`linmalar bunga tayyor. Keyingi vaziyat prezident qanday qaror chiqarishiga bog`liq”, — dedi u.

    Boshqa yangiliklar