AsosiyJinoyat

O`nlab yigitlarni dahshatli darajada urib, videolarini tarqatib yurgan guruh qo`lga olindi. Kaltak eganlar ham “oppoq” emas (video)

'O`nlab yigitlarni dahshatli darajada urib, videolarini tarqatib yurgan guruh qo`lga olindi. Kaltak eganlar ham “oppoq” emas (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida o`zini "Nakazanie Tesla" deb nomlagan guruh odamlarni vahshiylarcha "samosud" qilayotgani aks etgan videolar haqida xabar bergan edik. "Darakchi.uz" huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bu haqdagi holatga oydinlik kiritishni so`rab murojaat yubordi.

Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyatga aloqador o`ndan ortiq shaxslar ushlangani aytildi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 22 yanvar kuni Qibray tumani hududida  (telegram-bot orqali topshiriq olib, giyohvandlik moddalarini tarqatish bilan shug`ullangan)larni noma`lum shaxslar urib, tan jarohati etkazgan va ushbu holatni video tasvirga olganlar.

Mazkur holat yuzasidan IIBB va boshqa hamkorlikdagi organlar tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda 1997-2003 yilda tug`ilgan o`ndan ortiq shaxslar gumonlanuvchi sifatida ushlangan.

Ularga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo`llangan va jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Dastlabki tergovda aniqlanishicha, gumonlanuvchilar ma`lum moddiy manfaat evaziga shu kabi bir nechta voqeada ishtirok etib, tan jarohati etkazish holati aks ettirilgan video yozuvlarni ijtimoiy tarmoq orqali buyurtmachiga etkazib berganlar.

O`tkazilayotgan tergov-surishtiruv davomida Qonun ustuvorligi va qilmishga yarasha jazoning muqarrarligi ta`minlanadi.  Ma`lumotlar to`ldirib borilmoqda, batafsil axborot beriladi.

    Boshqa yangiliklar