AsosiyJamiyat

Andijonda sobiq hokim yordamchisi qariyb 120 mln so`mni "uxlatdi"

'Andijonda sobiq hokim yordamchisi qariyb 120 mln so`mni "uxlatdi"'ning rasmi

Andijon viloyati Izboskan tumanida imtiyozli kredit mablag`larini talon-toroj qilgan sobiq hokim yordamchisi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman hokimining "Q." MFY bo`yicha sobiq yordamchisi J.T. va boshqalar o`zaro til biriktirib, soxta hujjatlar orqali 5 nafar fuqaro nomiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun jami 119,5 million so`m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag`larni J.T. ning rahbarligidagi MChJga o`tkazish orqali o`zlashtirib olganliklari aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar