AsosiyJamiyat

Namanganda uy yonib ketdi

'Namanganda uy yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 13 fevral kuni Namangan shahridagi xonadonlarning birida yong`in sodir bo`ldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 16:16 da Namangan shahrining “Qadamjo” MFY hududida joylashgan 6-uyda yong`in yuz bergan. Oqibatda yashash uyining shift va tom qismining 40 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan.

Yong`in-qutqaruv ekipaji soat 16:26 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 16:28 da qurshab olingan va soat 16:45 da bartaraf etilgan. Uyning 150 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar