Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, “W.L.” MChJ rahbari Z.X. “W.M.” MChJga 19.01.2019 yilda Bektemir tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni uy-joy bilan ta`minlash maqsadida ko`p qavatli turar joy binolari qurish uchun 0,22 gektar er maydoni ajratilganligidan foydalanib, go`yoki ushbu maydonda “W.L.” MChJ tomonidan ko`p-qavatli uylar qurilayotganligi haqida haqida turli e`lonlar berib, 3 nafar fuqaroning jami 550,4 mln so`mini “W.L.” MChJ hisob raqamiga o`tkazib, ushbu mablag`larni firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






