AsosiyJamiyat

Ekspert kelgusi besh yilda Erda seysmik faollik ortishini ta`kidladi

'Ekspert kelgusi besh yilda Erda seysmik faollik ortishini ta`kidladi'ning rasmi

Kelgusi besh yil ichida Erning seysmik faolligi kuchayib, zilzilalar tez-tez sodir bo`lishiga olib keladi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmati direktori, texnika fanlari doktori Yuriy Vinogradov ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, sayyorada 9 magnitudali silkinishlar o`rtacha besh-etti yilda bir marta, 8 balli esa yiliga ikki-uch marta sodir bo`ladi. Ammo so`nggi to`rt yil davomida Erning seysmik faolligi odatdagidan biroz pastroq bo`ldi.

“Hamma narsa o`rtacha ko`rsatkichga qarab boryapti, yaqin besh yil ichida u o`rtacha ko`rsatkichdan biroz yuqori bo`ladi, deyishga asos bor, mos ravishda, zilzilalar soni ham ortadi”, dedi ekspert.

Olimlar silkinish qaerda kuchli bo`lishini ayta olmaydi. Biroq, dunyoda seysmik xavfli zonalar ma`lum va ular doimo bunga tayyor turishlari kerak. Rossiyada bularga Kamchatka, Kuril orollari, Saxalin, Baykal, Oltoy-Sayan o`lkasi va Kavkaz kiradi, deb xabar beradi “Rossiyskaya gazeta”.

    Boshqa yangiliklar