AsosiyDunyo

⚡️Qozog`istonda 9-sinf o`quvchisi maktabga bolta bilan borib, 3 nafar bolani jarohatladi

'⚡️Qozog`istonda 9-sinf o`quvchisi maktabga bolta bilan borib, 3 nafar bolani jarohatladi'ning rasmi

Petropavlovskdagi maktabda 9-sinf o`quvchisi 3 nafar bolani bolta bilan jarohatladi. Bu haqda "Sputnik Qozig`iston" xabar qildi

Ma`lum qilinishicha, voqea bugun ertalab 4-maktabda yuz bergan.

“Ikki nafar bola bolalar shifoxonasida (boshi va bilak qismidagi jarohatlari bilan), uchinchi bolaga voqea joyida tibbiy yordam ko`rsatildi”, — deyiladi ta`lim boshqarmasi xabarida.

Ijtimoiy tarmoqlarda o`smir pichoq ham olib kelgani haqida xabar berilgan. Aytilishicha, u hojatxonada kiyingan va niqob kiygan, keyin esa hujumlarni amalga oshirgan.

Maktab o`quvchilariga bolta bilan jarohat etkazgan o`smir qo`lga olindi. “Odam oldirishga urinish” moddasi bo`yicha tergov harakatlari boshlangan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, u psixiatriya qaydnomasida turadi. 

    Boshqa yangiliklar