Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati, Chelak shahri 1-son shifoxonasida tibbiyot xodimlari o`rtasida janjal kelib chiqqani va tan jarohati etkazilgani aytilgan video tarqaldi.
Viloyat IIB ma`lum qilishicha, mazkur holat joriy yilning 2 fevral kuni shifoxonaning rejali xirurgiya bo`limida xodimlar o`rtasidagi o`zaro kelishmovchilik sabab kelib chiqqan.
Ta`kidlanishicha, janjal yuzasidan viloyat sog`liqni boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o`rganish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, janjalda tan jarohati etkazishda gumonlanayotgan A.Nga nisbatan Payariq tumani IIB xuzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






