Avval xabar qilganganidek, shu kunlarda Termiz shahrida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ, “Sogdiana trans” ShK va Afg`oniston temir yo`llari boshqarmasi delegasiyalari o`rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo`yicha muzokaralar bo`lib o`tdi. Bu haqda kompaniya Axborot-tahliliy media markazi xabar berdi.
Joriy yilning 12 fevral kuni Afg`oniston temir yo`l boshqarmasi va “Sogdiana Trans” ShK o`rtasida Hayraton–Mozori Sharif temir yo`lida ekspluatasiya ishlarini davom ettirish to`g`risida yangi kelishuv imzolandi. Yangi kelishuvga ko`ra, “Sogdiana Trans” 2 yil davomida o`z faoliyatini davom ettiradi.
Bundan tashqari, tomonlar birgalikda “Mozori Sharif” bekatiga yuklarni etkazib berishni tezlashtirishni kelishib oldilar. Hamda Afg`oniston temir yo`llari boshqarmasining mahalliy mutaxassislarini tayyorlashga alohida e`tibor qaratdilar.
Eslatib o`tamiz, 10-11 fevral kunlari 714 ta yuk vagonlari etkazildi. Bugungi kunga qadar yuklarni etkazib berish davom etmoqda.






