AsosiyJamiyat

Turkiyadagi 2 ta zilzila Yaponiyadagi 9,1 balli zilziladan 30 marta kuchliroq bo`lgani aytilmoqda

'Turkiyadagi 2 ta zilzila Yaponiyadagi 9,1 balli zilziladan 30 marta kuchliroq bo`lgani aytilmoqda'ning rasmi

Ispaniyadagi Ilmiy tadqiqot oliy kengashiga qarashli instituti seysmologi Jordi Diaz, “asrning falokati” sifatida tavsiflagan Qahramanmarash markazli zilzilalar, 9 soatlik farq bilan ikkita katta zilzila ekanligini va bu juda kam uchraydigan holat ekanligini qayd etdi. 

"Statiskaga ko`ra, Turkiyadagi zilzila asrning eng katta zilzilasi, - deydi Diaz. 2011 yili Yaponiyaning Tohokuda shahrida 9,1 magnitudali "g`ayritabiiy va favqulodda" zilzila sodir bo`lgan, bu Turkiyadagiga o`xshash zilzila bo`lgan, ammo Kaharamanmarashda 9 soat farqi bilan 2 katta zilzilaning  sodir bo`lishi bu  kamdan-kam uchraydigan holat. Aytishimiz mumkinki, ajralib chiqadigan energiya miqdori Yaponiyadagidan 30 barobar ko`pdir," dedi u.

Seysmolog uni Turkiyada sodir bo`lgan zilzilani "Asrning eng katta zilzilasi", deb baholadi. Uning qayd etishicha, bu kattalikdagi zilzilalar dunyoda yiliga 10-20 marta sodir bo`ladi, lekin Turkiyadagi zilzilaning vayronkorligi nuqtai nazaridan ba`zi farqlar mavjud.

Diaz, mintaqadagi 10 ta viloyatda ta`sir ko`rsatgan zilzila chuqurligining 15-20 kilometr, er yuzasiga juda yaqinligi, markazining aholi punktlarida joylashganligi va mustahkam binolarning yo`qligi ko`p yo`qotishlarning asosiy sabablari ekanligini ta`kidladi. 

"Biz Turkiyadagi kabi zilzilalarni "sayoz zilzilalar" deb ataymiz va ular qanchalik sayoz bo`lsa, shuncha ko`p ta`sir qiladi" , - deydi u.

2011 yilning 11 may kuni Ispaniyaning janubidagi Lorka shahrida sodir bo`lgan zilzila ancha sayozroq bo`lganini, lekin magnitudasi pastligi tufayli kamroq yo`qotishlarga sabab bo`lganini ta`kidlaydi Diaz. 

“Lorkadagi zilzila juda sayoz, 3-5 kilometr, lekin 5,1 magnitudali edi. Agar energiya chiqishiga qarasak, Turkiyadagi zilzila Ispaniyadagidan 1000 baravar ko`proq", - deydi u.

Diaz, shuningdek, Turkiyadagi zilzila seysmik xaritada "qizil" deb belgilangan xavfli hududda sodir bo`lganligini, bu erda zilzila bo`lishi muqararligi, lekin sodir bo`lish vaqti noma`lum bo`lganligini aytadi. 

Uning aytishicha, seysmologlar zilzila sodir bo`lishi mumkin bo`lgan xavfli hududni oldindan bilishadi. Lekin uning aynan qachon sodir bo`lish vaqtni prognoz qilisholmaganliklari sabab asosiy vazifa unga tayyorlanish va bardoshli tuzilmalar qurishdan iborat bo`ladi. 

"Bunday kattalikdagi zilzilalarda yo`qotishlarning oldini olish mumkin emas, lekin yo`qotishlar ko`p yoki kamroq bo`lishi ko`p omillarga bog`liq".

Uning ta`kidlashicha, e`lon qilinadigan ma`lumotlar seysmik xavflarni, amaldagi qoidalarni o`zgartirishi mumkin.

"Turkiyada ikki xil yoriq chizig`ida zilzilalar bo`lgan va bu er silkinishmi yoki boshqa zilzilami, ilmiy jihatdan muhokama qilinmoqda. Katta ehtimol bilan birinchi zilzila ikkinchisini keltirib chiqargan. Bu yoriqlar qanday sodir bo`lganligi mutaxassislar tomonidan ilmiy o`rganilishi kerak", deydi u.

Diaz Turkiyadagi 2 ta zilzila Yaponiyadagi 9,1 balli zilziladan 30 marta kuchliroq bo`lgani aytadi.

Turkiyadagi mutaxassislar zilzila xavfi yuqori joylardan biri sifatida ko`rsatgan Istanbuldagi vaziyatni baholar ekan, Diaz shunday dedi:

"Istanbul, boshqa ko`plab joylar singari, kuchli va vayron qiluvchi zilzilalar xavfi ostida. Istanbul kabi Tokio, Los-Anjeles, San-Fransisko, Kaliforniyada ham xuddi shunday kuchli zilzilalar va suv toshqini xavfi kutilmoqda. 

Xavf bor. Mutaxassisning ta`kidlashicha, unga qarshi qilish kerak bo`lgan eng asosiy vazifa, hech bo`lmaganda, zilzilaga chidamli yangi binolar qurish, moddiy-texnik ta`minotni kuchaytirish va qutqaruv guruhlarini har tomondan tayyor qilishdan iboratdir. 

"Chunki zilziladan so`ng shaharlarni butunlay buzib, yangi uylar qurib bo`lmaydi. Buning iqtisodiy va ijtimoiy yukini hech kim ko`tara olmaydi. Agar siz zilzila zonasida yashasangiz, ertami-kechmi bu zilzila sodir bo`lishini bilishingiz kerak. San-Fransiskoda kuchli zilzila 1906 yilda sodir bo`lgan. Hozir hamma u erda yangi kuchli zilzilani kutmoqda”, - deydi mutaxassis.

 

 

    Boshqa yangiliklar