AsosiyDunyo

Bugun "2023 BU" asteroidi Erga juda yaqin keladi

'Bugun "2023 BU" asteroidi Erga juda yaqin keladi'ning rasmi

26 yanvar kuni Er yonidan diametri 5-6 metrli asteroid uchib o`tadi. 

Bu haqda Shemaxa astrofizika observatoriyasi ma`lum qildi. 

Bu osmon jismiga vaqtincha "2023 BU" nomi berilgan. Asterioid juda yorqinligi bois uni oddiy teleskopda ham kuzatish mumkin. Biroq u faqat Erning janubiy qutbida yashovchilar (Janubiy Amerika, Avstraliya, Afrika janubi)ga ko`rinadi.

Asterioid sayyoramizdan atigi bir necha ming kilometr naridan o`tib ketadi. Aniqrog`i, Er markazidan asteroidgacha masofa — 10 ming kilometr, bu sayyoramizni qurshab olgan geostasionar sun`iy yo`ldoshlargacha masofaning chorak qismiga teng.

Shunga qaramasdan, xavotirga o`rin yo`q, faqat diametri 150 metrdan katta osmon jismlarigina Er uchun xavfli sanaladi.

    Boshqa yangiliklar