O`zbekistonda 20 ga yaqin bolaning o`limiga sabab bo`lgan "Dok-1 Maks" dorisini ishlab chiqaruvchi Hindistonning "Marion Biotech Pvt. Ltd" kompaniyasi rahbari Xasan Rizo mazkur siroplarni ishlab chiqarish to`xtatilganini ma`lum qildi.
"O`lim holatlaridan afsusdamiz, hukumat tergov o`tkazmoqda. Uning natijalaridan kelib chiqib, tegishli choralarni ko`ramiz. Namunalar olingan. Ushbu mahsulotning ishlab chiqarilishi to`xtatilgan, qolgan jarayonlar davom etmoqda", — deydi Xasan Rizo ANI nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda "Dok-1 Maks" dori vositasidan bolalar o`rtasidagi o`lim holatlarining aniqlangan edi. Shundan so`ng SSV O`zbekistonda "Dok-1 Maks" dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olishni boshladi va sirop ishi bo`yicha o`rganish natijalarini e`lon qildi.
Hozircha, dorining salbiy ta`siri oqibatida vafot etgan bolalar soni 20 nafarga etgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax medical” MChJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3 moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi shaxslar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.
Ushbu voqealar ortidan Qirg`izistonda ham “Dok-1 Maks” dori vositalarini sotish taqiqlandi.
Hindiston hukumati "Dok-1 MAKS" dorisini O`zbekistonda bolalarning o`limiga aloqadorligi ortidan ishlab chiqaruvchi "Marion Biotech" kompaniyasiga qarshi surishtiruv boshlagan.






