Joriy yilning 6 dekabr kuni soat 18:20 atrofida Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanidagi 37-son manzil-koloniyasiga qarashli dehqonchilik bilan shug`ullanish uchun mo`ljallangan er maydonida mazkur muassasada jazo muddatini o`tayotgan mahkum B.Q. o`zaro janjallashish oqibatida mahkum U.E.ga tan jarohati eteazgan. Natijada mahkum U.E. olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Bu haqda IIV JIED matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






