AsosiyJamiyat

97 davlat tajribasi, 64 nafar mutaxassis va ikki yillik izlanish… O`zbekiston Konstitusiyasi yaratilish tarixini bilasizmi?

'97 davlat tajribasi, 64 nafar mutaxassis va ikki yillik izlanish…  O`zbekiston Konstitusiyasi yaratilish tarixini bilasizmi?'ning rasmi

Bugun, 8 dekabr - O`zbekiston Konstitusiyasi qabul qilinganiga 30 yil to`ldi. Sana munosabati bilan bosh qomusimiz yaratilish tarixiga nazar soldik.

O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi loyihasini  yaratishda dunyodagi 97 ta davlat to`plagan ilg`or tajriba hamda uch ming yillik milliy davlatchilik tajribalarimizga tayanilgan.

Oliy Kengash qarori bilan 1990 yil 21 iyun kuni O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar, mutaxassislardan iborat 64 nafar a`zoni o`zida jamlagan Konstitusiyaviy komissiya tuzilgan va Konstitusiya loyihasi ana shu komissiya tomonidan 2 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlangan. Yangi Konstitusiyaning birinchi loyihasi 1992 yil 26 sentyabr kuni tayyor bo`ldi va shu kuni matbuotda chop etildi.

Loyiha e`lon qilingach, uning umumxalq muhokamasi keng tus olgan. Bu muhokamalar 1992 yilning sentyabr oyi oxiridan dekabr oyi boshlarigacha davom etgan.

Konstitusiyaviy komissiyaga fikr-mulohazalar bildirilgan 600 ga yaqin xat kelib tushgan. Respublika matbuotining o`zida Konstitusiya loyihasiga bag`ishlangan yuzdan ortiq materiallare`lon qilingan. O`shanda fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan takliflar soni 5 mingdanoshib ketgan edi. 

Shundan so`ng, Konstitusiya loyihasi ikkinchi marta matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e`lon qilindi. Konstitusiya loyihasi o`tkazilgan muokamalar davomida kelib tushgan takliflar asosida ancha tuzatildi va qayta ishlandi.

Konstitusiyaviy komissiya tomonidan 1992 yil6 dekabrda Konstitusiya loyihasi oxirgi marta muhokama etildi. Bunda jahon konstitusiyaviy tajribasinining bir qator ilg`or jihatlari hisobga olindi. Konstitusiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Evropada Xavfsizlik vahamkorlik kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi demokratik davlatlar mutaxassislarining sinchkov ekspertizasidan o`tgan.

Parlament deputatlari tomonidan loyiha moddama-modda muhokama qilinib, unga yana bir qator o`zgartishlar kiritilgach, 1992 yil 8 dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan e`tiboran, 8 dekabr – umumxalq bayrami deb e`lon qilindi.

Kundalik hayotimizda biz duch keladigan har bir holat qaysidir qonun yoki boshqa bir normativ hujjat bilan tartibga solinishini 
va shu tartibga soluvchi yoki erkinlik (imtiyoz) beruvchi qonunlarning “o`sib chiqadigan” boshlanish nuqtasi Konstitusiyaga borib taqalishini inobatga olsak, biz eshitaverib quloqlarimiz o`rganib qolgan Konstitusiyaning ahamiyati aslida qay darajada katta ekanligi yanada oydinlashadi.

Dunyodagi ilg`or millatlar o`z Konstitusiyalarining ahamiyatini yaxshi anglaydilar, uni hurmat qiladilar va o`zgalardan ham shuni talab qiladilar. Qonunlarga hurmat esa avvalo uni bilishdan boshlanadi.

Bektursun Murodqosimov, huquqshunos,

 

    Boshqa yangiliklar