AQSh Senati mamlakatning 2023 yil uchun mudofaa byudjetini tasdiqladi. Uning miqdori 847.3 milliard dollarni tashkil etadi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.
Bu Amerika tarixidagi eng yirik harbiy byudjet bo`lishi kutilmoqda. U NATO va Ukrainaga yordamni ham o`z ichiga oladi. Xususan, Kiev uchun 800 million dollar ajratish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, byudjet loyihasida Rossiya bilan 5 yil muddatga harbiy hamkorlikni taqiqlash bo`yicha tavsiya o`rin olgan.
Bundan tashqari, Vashington Rossiyani G20 va boshqa xalqaro tuzilmalardan chiqarib yuborishga harakat qilishi ham ta`kidlangan.
Senat tasdig`idan so`ng, hujjat Jozef Baydenga imzo uchun jo`natiladi. Eslatib o`tamiz, AQShning 2022-moliyaviy yili uchun harbiy byudjeti 778 milliard dollarni tashkil etgandi.






