AsosiyJamiyat

Farg`onada IIB xodimi xizmat qurolida o`zini otib qo`ydi

'Farg`onada IIB xodimi xizmat qurolida o`zini otib qo`ydi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`onada profilaktika inspektori yo`lning chetida koma holatida topilgani bo`yichaxabarlar tarqaldi. Holatga viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Ma`lum bo`lishicha, Toshloq tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant A.U. joriy yilning 5 dekabrida tungi xizmatdan chiqib, tuman IIBda o`tkazilgan ertalabki yo`riqnomaga kelmagan. Bu vaqt davomida u bilan bog`lanishning imkoni bo`lmagan.

O`tkazilgan surishtiruv ishlari davomida katta leytenant A.U. yashash xonadonidan taxminan 3 km uzoqlikdagi Besarang qishlog`i hududidan oqib o`tuvchi "Katta Farg`ona" kanali yoqasida, o`zining “Spark” rusumli mashinasida topilgan.

Ammo xodim topilgan vaqtida qo`rqinchli holatda bo`lgan. Ya`ni u o`ziga biriktirilgan PM tabel quroli bilan boshidan jarohatlangan, koma holatida topilgan va zudlik bilan tibbiy muassasaga joylashtirilgan.

Aniqlanishicha, marhum, ijtimoiy tarmoqlarning "1xbet" ilovasidan foydalanib, joriy yilning avgust oyida 45 mln so`m yutqazganligi uchun, qarzdorlik muammosi hal etilib, intizomiy tartibda jazolangan hamda viloyat IIB qoshidagi Intizomiy kengashning nazoratida bo`lgan.
Hozirda holat viloyat prokuratura organlari tomonidan o`rganilmoqda.

Ma`lumot uchun: Respublika kesimida qimor o`yinlari bo`yicha ma`muriy huquqbuzarliklar soni 2019-yilda 1 ming 454 ta tashkil etgan bo`lsa, 2022-yilning 6 oyida 2 ming 325 taga etgan. 

Ushbu o`yinlarni tashkil etish bilan bog`liq jinoyatlar 2019 yilda 55 ta bo`lsa, 2022 yilning 6 oyida 90 tadan oshgan. Shu sababli aynan mana shunday internetda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o`yinlar uchun javobgarlik belgilanmoqda.

    Boshqa yangiliklar