AsosiyDunyo

Turkiya birinchi xonimi Anqara Ukrainadan ko`proq bolalarni evakuasiya qilishga tayyorligini ma`lum qildi

'Turkiya birinchi xonimi Anqara Ukrainadan ko`proq bolalarni evakuasiya qilishga tayyorligini ma`lum qildi'ning rasmi

Turkiya birinchi xonimi Emina Erdog`an ukrainalik etim bolalar yashayotgan bolalar uyiga tashrif buyurdi. Bu haqda Sabah nashri xabar berdi, deb yozadi azon.

Turkiyada bolalar uyi oddiy ko`p xonali binolardan iborat. Bu erda ukrainalik bolalar ijtimoiy xizmat xodimlari nazorati ostida yashamoqda. Bu kabi bolalar uylari Anqara va Antaliyada joylashgan. Til muammosi tufayli bolalarga turkiyalik tarbiyachilar bilan birga, Ukrainadan evakuasiya qilingan xodimlar g`amxo`rlik qilmoqda.

E`tiborlisi, bu bolalarga taom qo`shni bolalar uyidagi katta yoshli o`smirlar tomonidan tayyorlanadi. Anqarada Odessadan ko`chirilgan etim bolalar yashaydi, ularning eng kichigi 10 oylik. Ba`zi tarbiyalanuvchilarning salomatligida muammolar bor va ular alohida nazoratga olingan. Emina Erdog`an betob 7 yoshli bolaning muolajasini muhokama qildi.

“Men o`zim ularning holidan xabar olishni istagandim. Ularga qanday g`amxo`rlik ko`rsatilayotganini ko`rmoqchi edim. Bu joy ular uchun yangi bo`lsa-da, bolalar baxtiyorligini ko`ryapman. Albatta, ularning harbiy harakatlardan aziyat chekmasligiga umid qilaman. Bu erda odamlar o`z jarohatlarini tuzatishiga va o`z vataniga qaytishiga ishonaman”, – degan birinchi xonim.

Emina Erdog`an dunyodagi barcha davlatlar ukrain xalqiga yordam berishga javobgar ekanini va tinchlikni tiklashga mas`ul ekanini qayd etgan. Shu bilan birga u Turkiya Ukrainadan ko`proq bolalarni evakuasiya qilishga tayyorligini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar