Toshkent shahrida jamoat transporti harakati uzluksizligini ta`minlash maqsadida belgilangan avtomobillarga gaz quyish shaxobchalarida jamoat transporti uchun alohida yo`laklar tashkil etildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Unga ko`ra, 5 dekabr soat 12:00 holatiga shahrda jami 900 ga yaqin avtobuslar yo`nalishlarga chiqarilgan.
"Yo`llarda yuzaga kelgan muzlamalar natijasida kuzatilayotgan tirbandliklar jamoat transportining harakat tezligiga ham ta`sir ko`rsatmoqda", - deyiladi xabarda.






