AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatidan Samarqandga qorabayir otlari karvoni yo`lga chiqdi (video)

'Toshkent viloyatidan Samarqandga qorabayir otlari karvoni yo`lga chiqdi (video)'ning rasmi

Davlat rahbarining 2019 yil 18 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida, Toshkent viloyati hokimligi “Qorabayir otchilik majmuasi” hamda “ABS Oqqo`rg`on klaster” paxtachilik klasteri bilan hamkorlikda “Qorabayir otlar marafoni”  tashkil etmoqda.  Jumladan, Toshkent viloyatidan Samarqandga qorabayir otlari karvoni yo`lga chiqdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. Bugun, tongda Nurafshon shahridagi yangi “Smart city” hududida marafonga start berildi.

Toshkent viloyatidan Samarqandga qorabayir otlari karvoni yo`lga chiqdi

Ma`lum qilinishicha, marafonda O`zbekistonning mashhur chavandozlari Kapital, Yulduz, Karol, Limon, Miraj, Navro`z, Oqsaroy, Olmos, Sadaf, Sangar, To`riq, Qaldirg`och, Mamlyuk, Sapsan, Istanbul, Komissar, Baron, Graf, Burgut, To`fon laqabli tulporlari bilan Nurafshon shahridan ro`yi zamin sayqali Samarqandgacha yo`l bosib o`tishadi.

 Chavandozlar 330 kilometr masofani bosib o`tib, 7 dekabr kuni Samarqand shahri, Registon maydoniga kirib borishadi.

Eslatib o`tamiz, ikki yil avval, 2020 yil 1 dekabr kuni Qorabayir zotdor otlari Qashqadaryodan Toshkentga qarab yo`l olgan va 6 dekabr kuni poytaxtga etib kelgan edi. Chavandozlar poytaxt ko`chalarida aylanib, qorabayirning qudratini namoyish etishgan. 

    Boshqa yangiliklar