Rossiya Federasiyasida faoliyat yurituvchi “B.K.E.” tadbirkorlik sub`ekti O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Apellyasiya kengashiga murojaat qilib, “Biolan” tovar belgisi brendreyding asosida “Q.A.” MChJ nomiga ro`yxatdan o`tkazilgani va ushbu tovar belgisiga berilgan guvohnoma haqiqiy emas deb topilishi lozimligini bildirgan.
Apellyasiya kengashi tomonidan ishni ko`rib chiqish jarayonida “Biolan” tovar belgisi “B.K.E” tomonidan 1993 yilda Rossiya Federasiyasida ro`yxatdan o`tkazilgani, bugungi kunga kelib ushbu tovar belgisi 30 dan ortiq davlatlar, xususan, Qozog`iston, Qirg`iziston, Belorus, Moldova davlatlarida huquqiy muhofazaga olingani aniqlandi.
Apellyasiya kengashi “Biolan” tovar belgisi “Q.A.” MChJ tomonidan brendreyding asosida ro`yxatdan o`tkazilgan va ushbu tovar belgisi tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolg`on yoki iste`molchini chalg`itishi mumkin bo`lgan belgi, degan xulosaga kelib, tovar belgisiga berilgan guvohnomani haqiqiy emas deb topdi.






