AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Vengriya o`rtasida ekologiya sohasiga oid memorandum imzolandi

'O`zbekiston va Vengriya o`rtasida ekologiya sohasiga oid memorandum imzolandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yilning 3-4 oktyabr kuni Vengriya Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi ikki davlat o`rtasida o`zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. 

Davlatimiz rahbarining ushbu tashrifi doirasida  atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to`g`risida anglashuv memorandumi imzolanishi ham bu boradagi muhim amaliy ishlardan biri bo`ldi. Bu haqda Ekologiya qo`mitasi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Memorandumga asosan  davlatlar  o`rtasidagi atrof-muhit sohasidagi hamkorlik quyidagi yo`nalishlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan:

- havo va er resurslarini muhofaza qilish va monitoring qilish;

- iqlim o`zgarishi sohasidagi hamkorlik, iqlim o`zgarishining atrof-muhitga va iqtisodiyotning potensial zaif tarmoqlariga ta`sirini tahlil qilish;

- qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish;  

- atrof-muhitni muhofaza qilish bo`yicha ekologik ta`lim va targ`ibot ishlarini rivojlantirish va boshqa yo`nalishlar.

Ushbu memorandum ikki davlat o`rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida o`zaro ma`lumot va tajriba almashish, ilmiy tadqiqotlar tashkil etish, kadrlar salohiyatini oshirish va boshqa ustuvor yo`nalishlarni sifat jihatidan yangi bosqichda  yanada rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. 

    Boshqa yangiliklar