Shimoliy Koreya Ukraina hududlarining Rossiya tomonidan anneksiyasini tan oldi, deya xabar bermoqda Zamon.uz' sayti.
Ma`lum qilinishicha, Koreya bu harakatni ma`qullagan dunyodagi ilk va yagona davlat bo`lib turibdi. Xususan, TIV bu bo`yicha bayonot bergan.
“Biz Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Xerson va Zaporoje viloyatlari aholisining tanlovini hurmat qilamiz va Rossiya hukumatining yuqorida qayd etilgan hududlarni o`z tarkibiga qo`shib olishini qo`llab-quvvatlaymiz”, – deyiladi unda.
Qaydlarga ko`ra, Pxenyanda “referendumlar” BMT ustaviga mos ravishda o`tkazilgan.
Ma`lumot o`rnida, “DXR”,“LXR”, Zaporoje va Xerson viloyatlarining RF tomonidan egallab olingan hududlarida 23-27 sentyabr kunlari Rossiyaga qo`shilish masalasida “referendumlar” o`tkazildi. Ularning barchasi Moskva bilan “birlashib” ketishga rozilik bildirgan.
30 sentyabr kuni bu hududlar Rossiya tomonidan rasman anneksiya qilindi.






