Poytaxt ko`chalariga yo`l chiziqlariga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, uyali telefondan foydalanish, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik kabi qoidabuzarliklarni videoyozuvga saqlovchi kameralar o`rnatildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
"Toshkent shahar hokimiyati tomonidan Avstriya davlatining "Glans Gresselchaft Tashkent" nomli korxonasi A.Navoiy ko`chasini raqamlashtirish bo`yicha taklifi o`rganilmoqda, hozirgi vaqtda ushbu korxonaga tegishli intelektual foto videoni qayd etish kameralari tomonidan yo`l chiziqlariga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, uyali telefondan foydalanish, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik va boshqa qoidabuzarliklarni qayd etish imkoniyatiga ega, barcha yo`l harakati ishtirokchilariga belgilangan qoidalarga amal qilishlarini tavsiya qilamiz", deyiladi poytaxt IIBB xabarida.






