AsosiyDunyo

Mirziyoev "Kanjuraxan" stadionida yuz bergan hodisa bois Indoneziya rahbariga taziya bildirdi

'Mirziyoev "Kanjuraxan" stadionida yuz bergan hodisa bois Indoneziya rahbariga taziya bildirdi'ning rasmi

Bugun Indoneziyada bo`lib o`tgan futbol o`yini vaqtida ko`plab odamlar halok bo`ldi.

Ma`lumotlarga ko`ra, mag`lubiyatga uchragan tomon muxlislari o`yindan keyin maydonga chiqishgan, polisiya xodimlari esa ularni tinchlantirish uchun ko`zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Oqibatda  127 kishi hayotdan ko`z yumgan.

O`zbekiston prezidenti yuz bergan mazkur hodisa bois Indoneziya Prezidenti Joko Vidodoga ta`ziya yo`lladi. Bu haqda uning matbuot kotibi xabar bermoqda.

Ta`kidlanganidek, davlat rahbari vafot etganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlar tez orada shifo topishini tilagan.

    Boshqa yangiliklar