AsosiyJamiyat

Navoiylik o`quvchi qizlar bayramga "o`ziga xos" raqs sovg`a qilmoqchi bo`lishdi

'Navoiylik o`quvchi qizlar bayramga "o`ziga xos" raqs sovg`a qilmoqchi bo`lishdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda kollej o`quvchilari behayo harakatlar bilan raqsga tushayotanlari bilan bog`liq video tarqaldi.

Ma`lum bo`lishicha, voqea Navoiy viloyati Karmana tumanidagi kasb-hunar maktabida sodir bo`lgan.

O`quvchilardan biri o`qituvchilar uchun atalgan "sahna ko`rinishi"ni oshkor qilib qo`ydi.

U raqsga tushayotgan qizlarni tasvirga olib, tarmoqqa sizidrgan, deya xabar beradi Zamon.uz' sayti.

"Qo`shiq tanladi, u qildi, bu qildi, keyin birinchi kurslar pardani yopib qo`ying, shu musiqaga o`ynaylik qani, deyishdi. Raqsga tushgan nargi qiz menga video olishimni aytib, uning telefoniga tashlab berishimni aytdi. Videoni 19talik guruhga tashlaganman, u qizlarga tarqatib yuborgan. Kollejda 100 foiz odam telefonsiz kelmaydi. Istalgan bir insonning kistasini ko`rsangiz, telefon chiqadi", - deydi o`quvchi qiz.

"Tadbirga tayyorlanayotgan edik. Hammamiz bilmagan holda o`ynadik. Bizni videoga olibti. Ijtimoiy tarmoqlargat tarqatishibti. Qilgan ishimdan uzr so`rayman", - deydi boshqa bir qiz.

Ma`lum bo`lishicha, voyaga etmagan qizlarning "qilig`i" sabab maktabning ba`zi xodimlari ishdan bo`shatildi.

"Bu holat bo`yicha voyaga etmaganlarning onalariga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 47-moddasida nazarda tutilgan "Bolalarga ta`lim va tarbiya berish borasidagi majburiyatlarini bajarmaganlik sababli" ularga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirildi. Kasb-hunar maktabining ma`muriyatining rahbariyati va fan o`qituvchisiga nisbatan o`zining darsga sovuqqonlik bilan yondashgaligi sababli egallab turgan lavozimimdan ozod etildi va hayfsan e`lon qilindi", — deyiladi xabada

    Boshqa yangiliklar