Ayni paytda O`zbekistonning ayrim hududlarida chang bo`ronlari kuztatilmoqda. Ijtiomiy tarmoqlarda hordisa aks etgan surat va videolar tarqalmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Buxoro viloyati bilan chegaradosh tumanlarida kuchli shamol va chang bo`ron hodisalari kuzatilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, yuqoridagi tasvirda Muborak tumanidagi holat aks etgan bo`lib, kuchli shamol ortidan chang to`zon ko`tarilib, ko`rinuvchanlik 200-300 metrgacha cheklangan.
Shuningdek, Samarqandda ham chang bo`roni kuzatilayotgani xabar qilindi.
Tqarqalgan videoxabarga ko`ra, ayni paytda Samarqand viloyatining Nurobod tumanida ham kuchli o`amol va chang to`zon sodir bo`lmoqda.
Eslatib o`tamiz, O`zgidromet bugun respublikaning ko`plab hududlarida kuchli shamol (tezlik kuchayganda 25 m/s ga etishi) va uning ortidan chang bo`ron, chang to`zon ko`tarilishini xabar qilgan edi.
Prognozlarga ko`ra, bugun kunning ikkinchi yarmida poytaxt Toshkentda ham shamol tezligi 12-17 m/s ga kuchayishi va chang to`zon ko`tarilishi mumkin.