2022 yil 1 yanvardan naqd pul tushumiga ega bo`lgan barcha tadbirkorlik subektlari onlayn-NKM yoki virtual kassalardan foydalanishlari shart.
To`lov terminali orqali qabul qilingan to`lovlar uchun xaridorlarga to`lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.
Tadbirkorlik subektlari onlayn-NKM yoki virtual kassalarning narxi, qulayligi, funsionalligi va boshqa jihatlaridan kelib chiqqan holda erkin tanlash huquqiga ega.
2022 yil 5 may holatiga, onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi lozim bo`lgan 174 787 ta tadbirkorlik subektlari tomonidan 213 172 ta onlayn-NKM va virtual kassa ro`yxatdan o`tkazilgan.
Eslatib o`tamiz: DSQ rasmiy saytida Onlayn-NKM, virtual kassa va TXKMlarning doimiy yangilanib boriladigan reestrlari bilan tanishishingiz mumkin.
Onlayn-NKM davlat reestri: https://soliq.uz/page/davlat-reestri
Virtual kassa davlat reestri: https://soliq.uz/page/virtual-kassa-reestri
Texnik xizmat ko`rsatish markazlari davlat reestri: https://soliq.uz/page/txkm-reestri
Onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanmaslik 5 mln so`m miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.
Onlayn-NKM foydalanuvchilariga taqdim etilgan imtiyozlar






