Xorijdan qaytgan 282 ming 330 nafar fuqaroning 176 ming 941 nafari bandligi ta`minlandi, shu jumladan 23 mingdan ortig`iga mehnat organlari tomonidan bandlik xizmatlari ko`rsatish orqali ish bilan band qilindi, 4 ming 293 nafari kasb va tadbirkorlikka o`qitildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.
43 ta o`zbek diasporasi va 2 ta vatandosh bilan hamkorlik kelishuvlari imzolandi. Shundan:
- 32 tasi Rossiya Federasiyasi;
- 6 tasi Qozog`iston;
- 1 tasi Qirg`iziston;
- 1 tasi Yaponiya;
- 1 tasi Ukraina;
- 1 tasi Portugaliya;
- 1 tasi Tailand;
- 1 tasi AQSh;
- 1 tasi Fransiya.
214 nafar qiyin aholga tushib qolgan fuqarolar Vatanga qaytarilgan.
55 nafar fuqaro Rossiya Federasiyasi IIVning vaqtinchalik saqlash markazlaridan Vatanga qaytarilgan.






