AsosiyDunyo

Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni 460 milliondan oshdi

'Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni 460 milliondan oshdi'ning rasmi

Amerika Jons Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, payshanba kuni ertalab dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 463 906 453 nafarga etdi. Bu haqda Worldometer xabar bermoqda. 

Pandemiya boshlanganidan buyon 6 058 277 kishi vafot etgan.

Kasallanganlar va vafot etganlar soni bo`yicha etakchilikni Amerika Qo`shma Shtatlar egallab turibdi, u erda SOVID-19 bilan kasallanganlar soni 79 631 708  nafar, vafot etganlar soni 968 329 nafarni tashkil qildi.

Hindiston kasallanganlar soni bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi, jami holatlar soni 43 001 477 ga etdi va virus infeksiyasi oqibatlaridan vafot etganlar soni 516 132 ni tashkil qiladi.

Uchinchi o`rinda Braziliya joylashgan bo`lib, u erda 29 488 777 kishi kasallangan, ulardan 656 231 kishi vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar