Afg`onistonda oziq-ovqat bilan ta`minlash darajasi yomonlashgan. Bu haqda Afghanistan International telekanali ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, Jahon bankining yangi hisobotida, "Tolibon" Afg`onistonda nazorat o`rnatgach, oziq-ovqat bilan ta`minlanish darajasi yomonlashgan. Ortda qolgan etti oyda ishchilar va xizmatchilar moliyaviy daromadlarining uchdan ikki qismini yo`qotgan.
Hisobot Afg`onistondagi 5 ming oila bilan o`tkazilgan suhbatlarga asosalanib tayyorlangan. Muhim xulosalardan birida aytilishicha, uy xo`jaliklarining 70 foizi o`zini oziq-ovqat va boshqa asosiy ehtiyojlar bilan ta`minlash imkoniyatini yo`qotgani ma`lum bo`lgan.
Bundan tashqari, shahar va uning atroflarida ish o`rinlari qisqargan.






