AsosiyJamiyat

Bugun Prezident Davlat soliq qo`mitasida yig`ilish o`tkazadi

'Bugun Prezident Davlat soliq qo`mitasida yig`ilish o`tkazadi'ning rasmi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Davlat soliq qo`mitasiga tashrif buyurib, soliq ma`murchiligini isloh qilish va sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish masalalari yuzasidan yig`ilish o`tkazadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda. 

Shuningdek, davlatimiz rahbari qo`mitaning yangi tashkil etilgan Ma`lumotlarni qayta ishlash markazi faoliyati bilan tanishadi.

Mazkur yig`iishda ko`rilgan masalalar va berilgan topshiriqlar haqida "darakchi.uz"da muxbirimizning onlayn taqdim etayotgan xabarlari orqali tanishib borishingiz mumkin! 

    Boshqa yangiliklar