AsosiyJamiyat

Farg`onada choyxonani qimorxonaga aylantirganlar qo`lga olindi

'Farg`onada choyxonani qimorxonaga aylantirganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Yozyovon tumanida choyxonani qimorxonaga aylantirgan shaxs  qo`lga olindi. Bu haqdaFarg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, bugun, 16 mart kuni Farg`ona viloyati IIB JQB hamda Yozyovon tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Guliston mahallasidan o`tgan qismida yo`l yoqasida joylashgan M.M.ga tegishli choyxona xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, choyxona xonalarining birida 10 nafar shaxslarga tavakkalchilikka asoslangan qimor o`yini o`tkazish uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, qimor o`yinidan jami 1900 AQSh dollari, 12 million 502 ming so`m pullar, choyxona egasi M.M.dan qimor o`yiniga sharoit yaratib berganligi uchun olingan 150.000 ming so`m pullar, suyak oshiqlari va stakanlar daliliy ashyo tariqasida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 2-qismi “a” bandi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish)da ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs etti yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar