AsosiyJamiyat

Qalin tuman “Toshkent” aeroporti faoliyatini chekladi

'Qalin tuman “Toshkent” aeroporti faoliyatini chekladi'ning rasmi

"Uzbekistan airports"ning xabari berishicha, bugun ertalab qalin tuman sabab Toshkent aeroportida bir qancha ichki va xalqaro reyslar kechiktirildi va boshqa aeroportlarga ko`chirildi.

Istanbul-Toshkent yo`nalishi bo`yicha THY-368 reysi bortida 259 yo`lovchi bo`lgan Turk Havo Yo`llari reysi belgilangan aeroportga qo`na olmadi va Bishkekdagi muqobil aerodromga jo`nab ketdi.

Shuningdek, Air Cairo aviakompaniyasining yana bir MSC-771 reysi Sharm-al-Shayx – Toshkent yo`nalishida ko`rish imkoniyati yomonligi  tufayli Navoiy muqobil aerodromiga jo`nab ketdi. Bortida 172 yo`lovchi bo`lgan samolyot soat 09:35 da Navoiy aeroportiga qo`ndi.

Xbarga ko`ra, Toshkent vaqti bilan soat 10:14 da Toshkent aeroportidagi cheklovlar bekor qilingan. Turk Havo Yo`llari`ning THY-368 reysi Toshkentga soat 11:47da kelib qo`ndi, Air Cairo samolyoti esa mahalliy vaqt bilan soat 12:07 da poytaxt aeroportiga qo`ndi.

    Boshqa yangiliklar