AsosiyJamiyat

O`zbekistonning Qozog`iston va Tojikiston bilan chegara punktlarida fuqarolarni o`tkazish bo`yicha cheklov bekor qilindi

'O`zbekistonning Qozog`iston va Tojikiston bilan chegara punktlarida fuqarolarni o`tkazish bo`yicha cheklov bekor qilindi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra, 2022 yilning 16 mart kunidan boshlab O`zbekistonga kirish bilan bog`liq bir qator cheklovlar bekor qilinmoqda. Jumladan:

➖ O`zbekistonning Qozog`iston bilan chegarasida joylashgan o`tkazish punktlari orqali ikki mamlakat fuqarolarining harakatlanishiga doir  vaqtincha cheklovlar bekor qilindi;

➖ O`zbekistonning Tojikiston bilan chegarasida joylashgan o`tkazish punktlari orqali Tomonlar fuqarolarining harakatlanishiga doir vaqtincha cheklovlar bekor qilindi hamda barcha o`tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanmoqda.

 Shuningdek, O`zbekiston Respublikasiga kirish uchun xorijiy fuqarolarga elektron vizani rasmiylashtirish va berish tizimi (E-VISA) faoliyati qayta tiklanib, ishga tushirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar