Xorijiy mamlakatlar bilan turistik oqimni tezkor tiklash maqsadida, Respublika komissiyasi qaroriga ko`ra, 2022 yilning 16 mart kunidan boshlab O`zbekistonga kirishda bir qator cheklovlar bekor qilinmoqda. Jumladan:
Tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo`lgan xorij fuqarolari PZR test natijasisiz O`zbekistonga kirishi mumkin. Bunday sertifikat yo pasportga ega bo`lmagan taqdirda, respublikaga tashrif buyurishidan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PSR test natijasi, yoki chegara utish punktlarida ekspress-antigen test topshirishi bo`yicha manfiy natijali ma`lumotnomaga (elektron QR-kodga) ega bo`lishi shart;
O`zbekiston Respublikasining Qozog`iston Respublikasi bilan chegarasida joylashgan o`tkazish punktlari orqali Qozog`iston fuqarolari va O`zbekiston fuqarolarining harakatlanishiga doir vaqtincha cheklovlar bekor qilindi;
O`zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasi bilan chegarasida joylashgan o`tkazish punktlari orqali Tomonlar fuqarolarining harakatlanishiga doir vaqtincha cheklovlar bekor qilindi hamda barcha o`tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanmoqda.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasiga kirish uchun xorijiy fuqarolarga elektron vizani rasmiylashtirish va berish tizimi (E-VISA) faoliyati qayta tiklanib, ishga tushirilmoqda.
Bundan tashqari, xorijiy davlatlardan kelayotgan sayyohlarga tezkor va sifatli ma`lumot almashinuvi bo`yicha xizmat ko`rsatish maqsadida TIVning Call markazini yo`lga qo`yishga oid topshiriq berildi.






