AsosiyIqtisodiyot

Aholining katta qismini 1 mln so`mgacha ish haqi oluvchilar tashkil etmoqda — Moliya vazirligi

'Aholining katta qismini 1 mln so`mgacha ish haqi oluvchilar tashkil etmoqda — Moliya vazirligi'ning rasmi

2021 yilning noyabr oyida 1 mln so`mgacha ish haqi oluvchilar soni 1 mln 616,8 ming kishini tashkil etmoqda.

Moliya vazirligi Davlat byudjeti daromadlarining 2021-yildagi ijrosi bo`yicha dastlabki natijalarni e`lon qildi.

2021-yilning noyabr oyi holatiga ko`ra, aholining katta qismini (34,5%) 1 mln so`mgacha ish haqi oluvchilar tashkil etmoqda — 1 mln 616,8 ming kishi. Taqqoslash uchun, 2020-yilning noyabr oyida bu raqamlar 1 mln 769,6 ming kishiga (40%) teng bo`lgan.

2 mln so`mgacha ish haqi oluvchilar soni 3%ga kamaygan. 2020-yilning noyabr oyida bu ko`rsatkich 27,1% ni tashkil etgan bo`lsa (1 mln 199,5 ming kishi), o`tgan yilning noyabr oyida bu 24,1% gacha (1 mln 130,1 ming kishi) qisqargan.

4 mln so`mgacha oylik oladigan fuqarolar soni esa 2,4% ga oshgan. Xususan, 2020-yilning noyabr oyida bu ko`rsatkich 22,3% ni (987,2 ming kishi) tashkil etgan bo`lsa, 2021-yilning noyabr oyida 24,7% ga (1 mln 157,4 ming) ko`paygan.

Bundan tashqari, 5 mln so`mgacha ish haqi oluvchilar soni ham ortgan. 2020-yilning noyabr oyida bu ko`rsatkich 3,7% ni tashkil etgan bo`lsa (162,4 ming kishi), o`tgan yilning noyabr oyida 5,7% ga (268,4 ming kishi) etgan

5 mln so`mdan ortiq ish haqi oladiganlar soni ham o`sgan. 2020-yil noyabr oyida 6,9% (304,2 ming kishi), 2021-yil noyabr oyida 11%li ko`rsatkich qayd etilgan (513,2 ming kishi).

Ma`lumot uchun, 2021-yilning noyabr oyi yakunlariga ko`ra jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini to`lovchilar soni 4 mln 685,9 ming kishini tashkil etdi, ulardan 42,6%i — byudjet, 57,4%i — nobyudjet tashkilotlar xodimlaridir.

Manba: Spot.uz

    Boshqa yangiliklar