Ukraina Bosh vazirining birinchi o`rinbosari Irina Vereshuk Prezident Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyor ekanini tasdiqladi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.
"Prezidentimiz Putin bilan uchrashishga, Muzokaralar stoliga o`tirishga tayyor. Ukraina Prezidentini aholining 90 foizi qo`llab-quvvatlaydi. Xalq unga Ukraina milliy manfaatlarini himoya qilish uchun muzokara olib borishga to`la vakolat bergan", – dedi Vereshuk BFMTV telekanalida so`zga chiqib.
"Nima haqda so`zlashishi mumkin? Muzokarani o`t ochishni to`xtatishdan boshlash kerak. Siyosiy jarayonlarda muzokaralar shunday boshlanishi kerak. Zudlik bilan o`t ochishni to`xtatish zarur", – deya ta`kidladi u. Uning ta`kidlashicha, siyosiy muzokaralarga o`tishdan oldin gumanitar yo`laklar bo`yicha ham ish olib borish zarur.






