PSJ rahbariyati mavsumlar oralig`ida jamoa bosh murabbiyini almashtirmoqchi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko`ra, jamoaning amaldagi ustozi Maurisio Pochettino katta ehtimol bilan yozda o`z lavozimini tark etadi. Uning o`rniga ayni damda ishsiz yurgan Zinedin Zidan hamda "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone asosiy nomzod sifatida ko`rilmoqda.
Shuningdek, parijliklarning short-listidan Massimiliano Allegri ("Yuventus"), Antonio Konte ("Tottenxem"), Erik ten Xag ("Ayaks"), Kristof Galte ("Nissa"), Mikel Arteta ("Arsenal"), Simone Indzagi ("Inter"), Lyusen Favr (ishsiz) va Tyago Motta ("Spesiya") kabi mutaxassislar nomzodi.






