O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni muhim siyosiy tadbir - Prezident saylovi muvaffaqiyatli o`tkazilgani, Turkmanistonning saylangan Prezidenti Serdar Berdimuhamedovni esa saylovda qozongan ishonchli g`alabasi bilan tabrikladi.
Eslatib o`tamiz, Turkmanistonda o`tkazilgan prezident saylovlarida Berdimuhammedov Serdar Gurbangulevich 72,97 foiz ovoz bilan g`alaba qozongan.






