2022 yil 15 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovise aeroporti orqali 250 nafar O`zbekiston fuqarosi, shu jumladan 43 nafar ayol, 20 nafar voyaga etgaman shaxs va 8 nafar chaqaloq olib kelindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axborotida aytib o`tilgan.
28 fevraldan 11 martga qadar 26 ta aviareys tashkillashtirildi. Diplomatik vakolatxonalarimizning faol sa`y-harakatlari natijasida harbiy harakatlar bo`layotgan hududdan 5 884 nafar yurtdoshimiz, jumladan 300 nafar ayol, 700 dan ziyod 14 yoshgacha bo`lgan bolalar, 40 nafar imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek talabalar va mehnat migrantlari olib chiqildi.
O`zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi (vaqtincha Lvov shahrida joylashgan) mamlakatning chekka hududlarida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolarini evakuasiya punktlariga olib kelish yuzasidan yordam ko`rsatmoqda.
O`zbekistonning Polshadagi Elchixonasi tomonidan hujjati yo`q 322 nafar fuqaromiz uchun Vatanga qaytish uchun sertifikatlar rasmiylashtirildi.






