AsosiyJinoyat

Fuqarolarni AQShga ishga jo`natishni va`da qilib katta miqdorda pul olgan samarqandlik shaxs Polshada qo`lga olindi

'Fuqarolarni AQShga ishga jo`natishni va`da qilib katta miqdorda pul olgan samarqandlik shaxs Polshada qo`lga olindi'ning rasmi

Interpolning O`zbekiston va Polsha Milliy markaziy byurolari xodimlarining qidiruvi natijasida 2022 yil mart oyi boshlarida Varshavada asli samarqandlik 36 yoshli O`zbekiston fuqarosining manzili aniqlanib, qo`lga olingan. U O`zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan ko`p miqdordagi firibgarlik sodir etgani uchun Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan bo`lgan.

Ma`lum qilinishicha, mazkur jinoyatga aloqador shaxs fuqarolarning ishonchini qozonib, AQShda ishga joylashish va viza yordamini olishda ko`mak berishini taklif qilib, ulardan katta miqdorda pul olgan. Firibgarlik xizmatlarini tugatgandan so`ng, u mamlakatni tark etib, chet elda yashiringan.

Shu kunlarda O`zbekiston va Polsha Interpol xodimlarining muzokaralari va hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli qidiruvdagi shaxs qo`lga olinib, O`zbekistonga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar