AsosiyJamiyat

2022 yilda 1,8 milliard dollarlik 420 ta yirik loyihani amalga oshirishi shart – Prezident

'2022 yilda 1,8 milliard dollarlik 420 ta yirik loyihani amalga oshirishi shart – Prezident'ning rasmi

Davlat rahbari raisligida yig`lishi davom etmoqda. Yig`ilishda qurilish materiallari sohasida 2022 yilda 28 trillion so`mlik mahsulot ishlab chiqarish hamda 600 million dollarlik eksportni ta`minlash zarurligi ta`kidlandi, deya xabar bermoqda Prezident Matbuot xizmati.

Mutasaddilar viloyat hokimlari bilan birga 2022 yilda 1,8 milliard dollarlik 420 ta yirik loyihani amalga oshirishi shartligi ko`rsatib o`tildi.

1 iyulga qadar 150 million dollar, yil yakuniga qadar yana 300 million dollar mablag`larni jalb etib, sohadagi investisiya loyihalarini muddatida moliyalashtirishni tashkil etish zarurligi ta`kidlandi.

Ayni paytda yig`ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlarining axboroti tinglanmoqda.

    Boshqa yangiliklar