Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Misol uchun, Urgut erkin iqtisodiy zonasida 440 gektar, Angrenda 430 gektar, Navoiyda 240 gektar, Qo`qonda 190 gektar, Chustda 120 gektar bo`sh maydonlar mavjud.
Viloyat hokimlariga ushbu tayyor infratuzilmadan samarali foydalanib, yangi loyihalarni sanoat zonalariga joylashtirish topshirildi. Jumladan:
- Urgutda oziq-ovqat va elektrotexnika mahsulotlari;
- Chustda tayyor kiyim;
- Navoiy va Qo`qonda maishiy elektrotexnika;
- Bo`stonliqda farmasevtika, Angren va Chirchiqda maishiy va sanoat kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish zarur.
Investisiyalar va tashqi savdo vaziriga ikki hafta muddatda yangi eksport bozorlariga chiqayotgan korxonalarga ajratilayotgan subsidiyalarni ko`paytirish bo`yicha taklif kiritish topshirildi.






